
Foto: «Pinterest.com.au»
18 yoshli rossiyalik bloger Anastasiya Tropitsel Balida avtohalokatga uchradi. Bu haqda Instagram-akkauntida xabar berilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tropitsel motosiklda sayr qilayotganda halokatga uchragan. Bloger qizning Instagram-akkauntida foydalanuvchilar o‘z hamdarliklarini bildirishgan. Uning bir millionga yaqin a’zosi bor.
Anastasiya Tropitsel frilansga bag‘ishlangan blog yuritgan, internetda pul ishlab topgan va doimo o‘z ustida ishlagan. Qizning profilida yozilishicha, u 15 yoshida millionerga aylangan.
«Afsuski, Nastya endi oramizda yo‘q. Men bunga ishonolmayapman», — deyiladi xabarda.
Manba: Xabar.uz
Anastasiya TropitselRossiyalik BlogerAvtohalokatBalida HalokatInstagram-akkauntMotosiklda Sayr O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar