09:30 / 29.06.2020
3 116

Noma’lum uchar jismlarning 40 yil ichidagi eng yaxshi surati e’lon qilindi

Noma’lum uchar jismlarning 40 yil ichidagi eng yaxshi surati e’lon qilindi
Foto: Triangle News
Polshalik erkak noma’lum uchar jismlarni (NUJ) o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi ufologlar fikricha, NUJlarning 40 yil ichidagi eng yaxshi suratlarini oldi.

The Mirror nashrining xabar berishicha, Polshaning Yastrovo qishlog‘ida yashovchi va hamyurtlari tomonidan ruhiy nosog‘lom deb qabul qilinmasligi uchun noma’lum bo‘lib qolishni istagan erkak telefoni kamerasiga NUJni suratga olgan. Suratlar sifati yuqori bo‘lib, undagi jismni batafsil o‘rganishga imkon bergan.

Erkakning aytishicha, u velosipedda ketayotganda g‘alati tovushni eshitgan. U ortiga o‘girilganda o‘rmon ustida muallaq turgan piramidasimon jismni ko‘rgan. NUJ ko‘zdan g‘oyib bo‘lishidan oldin erkak uning 5 ta suratini olishga muvaffaq bo‘lgan. So‘ngra u suratlarni ufolog Robert Bernatovichga bergan.

Foto: Triangle News
Bernatovich o‘z navbatida suratlarni Britaniyaning NUJlarni o‘rganish uyushmasi tergovlar bo‘limining sobiq boshlig‘i Filipp Mentlga bergan.
Mentlning ta’kidlashicha, bu suratlar u oxirgi 40 yil ichida ko‘rgan suratlardan eng yaxshisi va ehtimol, haqiqiy hisoblanadi.

Uning bu fikriga yana bir mutaxassis Jeyson Gliv qo‘shilgan. Uning ta’kidlashicha, suratdan ob’ekt metalldan ishlangani va yer ustida 45-60 metr balandlikda turgani haqida xulosa chiqarish mumkin.

Men suratlarning yuqori sifatdaligidan hayratga tushdim. Ko‘rinishicha, ob’ekt yerdan 150-200 fut (45-60 metr) balandlikda qolib, 50 metrlik radiusda harakatlangan”, deb aytgan Gliv.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Noma’lum uchar jismlarning 40 yil ichidagi eng yaxshi surati e’lon qilindi