Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus pandemiya yangi va xatarli bosqichga kirganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu "ko‘pchilikning uyda o‘tiraverishdan zerikkani bilan bog‘liq".
Ayrim davlatlarda vaziyat yaxshilanganiga qaramasdan, dunyo bo‘yicha COVID-19 pandemiyasi tezlashmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus ma’lum qildi.
"Ayrim mamlakatlar o‘z iqtisodiyotini ochgach va ijtimoiy hayotga qaytganidan keyin holatlarning o‘sishiga duch keldi. Vaziyat hali tugamaganligi og‘ir voqelikdir", - dedi u.
JSST bosh direktorining qayd etishicha, 30 iyun kuni tashkilot Xitoyda noma’lum turdagi zotiljam avj olgani to‘g‘risidagi ilk xabarni olganiga olti oy bo‘ldi. Olti oy ichida kasallikka chalinganlar soni o‘n milliondan oshdi, 500 ming kishi vafot etdi, deb qo‘shib qo‘ydi u.
Avvalroq Tedros Adxanom Gebreyesus pandemiya yangi va xatarli bosqichga kirganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu "ko‘pchilikning uyda o‘tiraverishdan zerikkani bilan bog‘liq".
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 10,3 millionga yetgan, 506 mingdan ortiq kishi vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin