
Foto: «Tobiaskurth.com»
Garvard universiteti olimi Tobias Kurtning qadriyatlar koronavirus quroliga aylangani to‘g‘risidagi fikrlarini bergandik. Professorning ta’kidlashicha, koronavirusdan tuzalish — undan batamom qutulish degani emas, endi uning asoratlari bilan kurashishga to‘g‘ri keladi.
«Hech qanday simptomlarsiz bemorlar bor, ammo muammodan butunlay qutula olmagan, o‘pkasi bezovta qilayotganlari ham kam emas. Koronavirusdan tuzalganidan so‘ng, oradan bir necha oy o‘tsa ham, sport bilan shug‘ullana olmayotgan yoshlar uchrayapti», — dedi Kurt.
Virus yetarlicha o‘rganilmagani sababli, u bilan bog‘liq muammolar surunkali davom etadimi yoki vaqt o‘tishi bilan yo‘q bo‘lib ketadimi — bir nima deyish qiyin, deydi olim. Uning ta’kidlashicha, COVID-19 bir yo‘la insonning bir necha a’zosiga ta’sir ko‘rsata oladi. Shuning uchun ham bu «g‘ayrioddiy virus»ni oddiy shamolllash bilan qiyoslash noo‘rin.
Garvard UniversitetiTobias KurtKoronavirus AsoratlariCOVID-19Olim FikrlarInson Organizmi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar