06:56 / 16.07.2020
1 600

Koronavirus jahon iqtisodiyotiga 8,3 trillion dollarga tushdi

Koronavirus jahon iqtisodiyotiga 8,3 trillion dollarga tushdi
Pandemiya oqibatlari va cheklovlar jahon iqtisodiyotiga 8,3 trln dollarga tushdi va 147 mln kishini ishsiz qoldirdi.
Sidney universiteti olimlarining ma’lum qilishicha, aviaaloqa to‘xtatilgani va chegaralar yopilgani sababli sayyohlik tarmog‘i eng ko‘p jabr ko‘rgan. Bu ayniqsa Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerikada kuchli sezilgan.

Yetkazmalar zanjiri buzilishi jahon savdosiga, energetika va moliya sektoriga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga, ekologiyaga ta’sir sayyoramizning eng ifloslangan hududlarida kamaygan. Olimlarning ta’kidlashicha, ko‘plab davlatlarda karantin choralari davom etayotgani sababli global yo‘qotishlar ortishi davom etmoqda. Karantinning juda erta yumshatilishi esa ayanchli oqibatlarga va uzoq davom etuvchi iqtisodiy oqibatlarga olib keladi.

Olimlarning ta’kidlashicha, global iqtisodiy inqiroz jahon iqtisodiyotining o‘zaro bog‘liqligi bilan asoslangan. Butun dunyoda 147 mlndan ko‘proq kishi ishdan bo‘shatib yuborilgan, bu esa maoshdan olinadigan daromadning 2,1 trln dollarga qisqarishiga olib kelgan. Dunyo aholisining iste’mol xarajatlari esa 3,8 trln dollarga kamaygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus jahon iqtisodiyotiga 8,3 trillion dollarga tushdi