Qozog‘istonda ayolning oyog‘i eskalatorga qisilib qoldi (video)

Qozog‘istonning Semey shahridagi savdo markazlaridan birida ayolning oyog‘i eskalatorga qisilib qoldi. Qutqaruvchilarning ayolni ozod qilish jarayoni videoga tushgan. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 14 sentyabr kuni hodisa haqida 112 raqamiga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga tezkor-qutqaruv otryadi xodimlari yetib borgan.
Qutqaruvchilar maxsus gidravlik uskuna yordamida eskalatorlar orasidagi texnik tirqishni kengaytirib, 1990 yilda tug‘ilgan ayolning oyog‘ini chiqarib olishgan.
Shundan so‘ng jabrlanuvchi ko‘rikdan o‘tkazish va zarur tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Hodisa nima sababdan yuz bergani va ayolning aynan qanday jarohatlar olgani haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.






























Izohlar 0
…