Qat’iy chegara cheklovlari va karantin choralari odamlarni dunyoning mashhur sayyohlik maskanlariga sayohat qilish va dam olishdan mahrum qildi. Biroq, o‘zining tabiati bilan tanilgan orollar mamlakati – Maldiv barcha mehmonlarni o‘ziga chorlay boshladi.
15 iyuldan boshlab Hind okeanidagi orollar mamlakati xalqaro sayyohlarni qabul qilishni boshladi. Xalqaro sayyohlar, poytaxt Male shahridagi Velana xalqaro aeroportiga kelganidan so‘ng, karantinga olinmaydi, deb xabar qilmoqda Maldiv turizm vazirligi.
Bundan tashqari, orolga tashrif buyurish uchun viza talab qilinmaydi yoxud qo‘shimcha to‘lovlar olinmaydi.
Maldiv orollari minglab orollardan iborat 26 ta atollardan tarkib topgan davlat bo‘lib, 90 ming kv. km. maydonda yuzlab dam olish maskanlari sayyohlarni kutmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.
Xabar qilinishicha, bugungi kunda ushbu orol davlatga Emirates Airlines, Qatar Airways, Etihad hamda Turkish Airlines aviakompaniyalari parvozlarni amalga oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi