Saida Mirziyoyeva JST rahbari bilan muhim masalani muhokama qildi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSHda Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonining hozirgi bosqichi va oldinda turgan yakuniy vazifalar muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyeva bu haqda Telegram kanalida ma’lum qilib, Ngozi Okonjo-Ivealaga O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan doimiy qo‘llab-quvvatlovi va ekspertlik ko‘magi uchun minnatdorlik bildirdi.

«Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik. Bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim», — dedi Saida Mirziyoyeva.
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lishning yakuniy bosqichida
JSTning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning qo‘shilish jarayoni doirasida 2026 yil sentyabrda Toshkentda davlat savdosi va subsidiyalar bo‘yicha maxsus seminar o‘tkazilmoqda. U JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi bosqichiga tayyorgarlik bilan bog‘liq.
JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala ham 2026 yil mart oyida O‘zbekistonni joriy yilda tashkilotga a’zo bo‘lishi mumkin bo‘lgan davlatlar qatorida tilga olgan edi.

Shu nuqtayi nazardan, Saida Mirziyoyevaning AQSHdagi uchrashuvi O‘zbekistonning JSTga integratsiya jarayonida yakuniy vazifalarga e’tibor kuchaygan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘z fikrlaringizni izohlarda qoldiring va ushbu muhim xabarni barcha yaqinlaringiz bilan baham ko‘ring!































Izohlar 0
…