
Foto: «Global Look Press»
Kurkumin organizmga virusni yengishga yordam beradi. Ushbu tabiiy birikma xususiyatini o‘rgangan tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishdi.
Olimlarning ma’lum qilishicha, kurkumin hujayralarning transmissiv gastroenterit (TGEV) — cho‘chqalarga zarar yetkazuvchi koronavirusning alfa-guruhi bilan zararlanishidan himoya qiladi. Shuningdek, u virus zarralariga qiron keltiradi.
TGEV cho‘chqa bolalarida «transmissiv gastroenterit» deb ataluvchi kasalliklarni qo‘zg‘ovchi infeksiya hisoblanadi. Tug‘ilganiga hali ikki hafta to‘lmagan cho‘chqachalar uchun bu kasallik, ayniqsa, halokatli. Bundan tashqari, u o‘ta yuqumli infeksiyalar sirasiga kiradi. Shu bois u dunyo cho‘chqa sanoati uchun eng xavfi kasalliklardan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda alfa-koronavirusni tasdiqlangan davolash usuli mavjud emas. TGEVga qarshi ishlab chiqilgan vaksinani esa virus tarqalishining oldini olishda samarali deb bo‘lmaydi.
Tadqiqot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, yuqori kurkumin konsentratsiyasi organizmni TGEVni yuqtirishdan saqlaydi. Ustiga-ustak, u hujayrada virusli zarralar sonini kamaytiradi, deb yozadi «Journal of General Virology».
KurkuminTGEVViruslarCho‘chqa SanoatiYuqumli InfektsiyalarTadqiqot Natijalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing