07:53 / 04.08.2020
2 908

Tyulen tryuklari bilan mushukni o‘ziga rom etishga urindi. Biroq ... (video)

Tyulen tryuklari bilan mushukni o‘ziga rom etishga urindi. Biroq ... (video)
Meduza tyulen e’tiborsiz mushukni o‘ziga jalb etish uchun qiziqarli tryuk bajarayotgani tasvirlangan rolik bilan bo‘lishdi. Bir tarafdan olganda bu kabi holat har kuni ham sodir bo‘lmaydi. Ikkinchi tomondan esa odamning tyulenga rahmi keladi. U suvdan chiqib, u yoqdan bu yoqqa tebrangan holda mushuk e’tiborini o‘ziga jalb etmoqchi. Biroq bularning barchasi hech qanday samara bermagan — mushuk hatto unga «qiyo boqib» ham qo‘ymagan, xuddiki tyulen mavjud emasdek.

Rolik boshida boshqa bir mushukni ko‘rish mumkin. Taxminga ko‘ra, bu rostdan ham mushuk bo‘lgan, biroq videoning sifatsizligi sabab uning aniq qaysi jonivor ekanligini aytish mushkul. O‘sha ikkinchi mushuk ham ortida butun boshli tomosha sodir bo‘layotgan bo‘lsa-da, boshqa tomonga qarab turibdi.

«Tyulen xafa bo‘lmasdan, boshqa ko‘plab muxlislarga ega bo‘lgan degan umiddamiz», — deyiladi videoga izohda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tyulen tryuklari bilan mushukni o‘ziga rom etishga urindi. Biroq ... (video)