Foto: Getty Images
Rossiyaning “MIFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Biotibbiyot muhandisligi milliy tadqiqot yadro instituti magistraturasi talabalari koronavirusdan davolashning yangi usulini ixtiro qilishdi. Ular tomonidan og‘ir kasalliklar, jumladan COVID-19’ni xavfsiz davolash uchun yorug‘lik-diodli qurilma ishlab chiqildi.
Talabalar taklif qilayotgan uslub inson tanasi sirtini spektrning qizil diapazonida yorug‘lik oqimi bilan nurlantirishga asoslangan.
Professor Viktor Loshchenovning tushuntirishicha, bu usul fotosensibilizatorlar qo‘llagan holda davolashning eng yangi usullaridan biri hisoblanadi.
“Fotosensibilizatorlar bemor organizmiga kiritiladi. Ular organizmda virus bilan ushlab olinadi va nurlanish ta’sirida virusni o‘ldiradi. Bunda fotosensibilizatorlar “sitokin shtormi” [immunitetning o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan haddan ziyod kuchli javobi] uchun javobgar hujayralarni faolsizlantiradi va shu tariqa o‘lim bilan xavf soluvchi immun javobdan qochishga imkon beradi”, deb aytgan olim.
Loshchenovning ta’kidlashicha, hozirda dunyoda bemorlarni xavfsiz nurlantiruvchi bunday qurilmalar hali mavjud emas.
Ushbu usul bilan koronavirusga chalingan 40dan ko‘proq bemor davolangan. Ularning barchasida qondagi kislorod saturatsiyasi oshgani, o‘pkada og‘riqlar yo‘qolgani va hid sezish qobiliyati qaytgani qayd qilingan.
Umuman olganda, tajriba ishtirokchilari boshqa kasallanganlarga nisbatan tezroq sog‘aygan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi