18:13 / 12.08.2020
3 444

Koronavirusga qarshi vaksina olganlar isitma, zirqirash va og‘riq haqida so‘zlab berishdi

Koronavirusga qarshi vaksina olganlar isitma, zirqirash va og‘riq haqida so‘zlab berishdi
Foto: «News.myseldon.com»
Koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini birinchilardan bo‘lib o‘zlarida sinab ko‘rgan ikki nafar ko‘ngilli preparatni qabul qilgandan so‘ng paydo bo‘lgan bosh og‘rig‘i, isitma va tanadagi zirqirashlar haqida gapirib berdi.

Andrey Volnikov
Sechenova universiteti bitiruvchisi, 2D-rassom 24 yoshli Andrey Volnikovning so‘zlariga ko‘ra, sinov paytida ko‘ngillilar ikki guruhga ajratilgan. Birinchi guruhda bitta tarkibli, ikkinchisida esa ikki tarkibli vaksina sinab ko‘rildi.

«Men birinchi guruhda edim — bizga bir marta yuborishdi, xolos. Birinchi kuni ahvolim yomon edi: bosh og‘ridi, mushaklar qaqshadi. Biroq bunday «noxushliklar» ko‘pgina vaksinalar kuzatiladi, tabiiy hol», — deydi u.

Anna Kutkina
12 yoshli qizaloqning onasi va auditor 37 yoshli Anna Kutkinaning aytishicha, vaksinatsiya paytida qo‘rqib ketgan.
«Kechga borib tana haroratim birdaniga 38 darajaga ko‘tarildi, boshim og‘ridi, tanam zirqirayotganini his qildim», — deb eslaydi rossiyalik ayol: «Oxirida hech qanday qo‘rqinchli narsa yo‘q».

Dori vositalarini davlat ro‘yxatiga olish xizmati saytida chop etilgan preparat yo‘riqnomasida et uvushishi, tana harorati ko‘tarilishi, umumiy lohaslik, in’eksiya joyidagi og‘riq, shish, ko‘ngil aynishi, ishtahasizlik kabi noxushliklar qayd etib qo‘yilgan.

«Ayrim bemorlarda allergik reaksiyalar rivojlanishi, qon zardobida buyrak transaminazalari, kreatin va kreatinfosfokinazalari qisqa fursatga ko‘payishi mumkin», — deb ogohlantiradi vaksina ishlab chiquvchilar.

Prezident Vladimir Putin kecha, 11 avgust kuni dunyoda ilk bor Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina rasman ro‘yxatga olinganini e’lon qildi.

Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ro‘yxatga olingan koronavirusga qarshi birinchi vaksina yuqori samaradorligini ko‘rsatganligini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga qarshi vaksina olganlar isitma, zirqirash va og‘riq haqida so‘zlab berishdi