20:25 / 14.08.2020
2 339

Afg‘oniston hukumati turmalardagi oxirgi 400 tolibni ozodlikka chiqarishni boshladi

Afg‘oniston hukumati turmalardagi oxirgi 400 tolibni ozodlikka chiqarishni boshladi
Afg‘oniston hukumati turmalardan “Tolibon” harakatining oxirgi 400 a’zosini ozodlikka chiqarish jarayonini boshladi. Bu haqda Afg‘oniston milliy xavfsizlik kengashi ma’lum qildi.

“Afg‘oniston hukumati kecha Loya Jirga [xalq vakillari umummilliy yig‘ini] yarashuv va Afg‘onistonaro muzokaralarga erishishni tezlashtirish uchun qo‘yib yuborishga qaror qilgan 400 tolibdan 80 nafarini ozod qildi”, deyilgan kengash xabarida.

10 avgustda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon” ozod qilinishi talab etilgan toliblar ro‘yxatidagi oxirgi guruhni ozod qilish haqidagi farmonni imzolagan. Bundan bir kun avval Loya Jirga ushbu toliblarning turmalardan ozod qilinishi bo‘yicha qaror qabul qilgan. Bungacha Afg‘oniston hukumati bu ekstremistlarni turmalardan chiqarishdan bosh tortayotgandi. Chunki Kobul fikricha, ular nafaqat “Tolibon” tarafdorlari hisoblanadi, balki og‘ir jinoyatlar sodir etgan.

Avvalroq 1TV afg‘on telekanali Afg‘onistonaro tinchlik muzokaralari Qatar poytaxti Dohada 16 avgustda boshlanishini ma’lum qilgan. Toliblarning fevralda AQSH bilan imzolagan kelishuviga ko‘ra, muzokaralar mart oyida boshlanishi kerak edi, biroq “Tolibon” dastlabki shart sifatida barcha a’zolarining ozod qilinishini talab qilgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston hukumati turmalardagi oxirgi 400 tolibni ozodlikka chiqarishni boshladi