00:23 / 17.08.2020
3 185

Yulduzlar ishtirokidagi sevgi uchburchaklari: Mojaroli hikoyalar qanday yakun topgan?

Yulduzlar ishtirokidagi sevgi uchburchaklari: Mojaroli hikoyalar qanday yakun topgan?
Sevgi, xiyonat, do‘stlik, yashirin munosabatlar bularning bari Cosmopolitan e’lon qilgan mashhurlar hayotida mujassam.
Jennifer Eniston – Bred Pitt va Anjelina Joli

Foto: Cosmopolitan
Jennifer va Bred 1998 yildagi ziyofatlardan biridan tanishgan va aktrisa Gollivud yulduzining yuragidan urgan. 2000 yilda turmush qurgan juftlik munosabatlari, Jennifer farzandli bo‘lishni istamagani uchun yomonlasha boshlaydi. Ammo bu asosiy sabab bo‘lmagan. Gap shundaki, «Janob va xonim Smitning» suratga olish jarayonida Bred, Anjelinaga ilakishib qoladi va 2005 yilda Eniston bilan ajrashadi. Ushbu voqea kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilarining pul ishlashi uchun ham ayni muddao bo‘ladi.

Eniston jamoasi va Joli jamoasi yozuvi tushirilgan futbolkalar sotuvga chiqariladi. Anjelina, munosabatlar paydo bo‘lishida Pitt tashabbus ko‘rsatgan deb ta’kidlashiga qaramay, aktyor Joli bilan hayot boshlaganidan keyin ham birinchi rafiqasi bilan gaplashib turgan. 40-yashar Joli, erining telefonida Jennifer bilan yozishmalarga guvoh bo‘lgan. Joli va Pitt munosabatlari ham uzoqqa bormaydi, mashhurlar 2016 yilda ajrashishini ma’lum qilgan.

Malika Diana – shahzoda Charlz va Kamilla Parker Boulz

Foto: Cosmopolitan
Shahzoda Charlz, Diana bilan tanishganida bo‘lajak rafiqasi endigina 16 yoshda bo‘lgan. 1981 yilning 6 fevralida Diana shahzodaning turmushga chiqish taklifini qabul qiladi va juftlik 29 iyulda oila quradi. Turmushidan ikki o‘g‘il farzandi bolishiga qaramay Garri, Kamilla bilan ishqiy munosabatda bo‘ladi va bundan malika Diana bexabar qolmaydi. Diana esa ot sporti murabbiysi Jeyms Xyuitt bilan tanishadi. OAV esa ikki qirollik vakilining ma’shuqalari bilan telefon orqali so‘zlashmasi e’lon qilingan materiallar bilan to‘lib-toshadi. Ularning har ikkisi esa turmushi darz ketishida bir-birini ayblagan.

Skarlett Yoxansson - Rayan Reynolds va Sandra Ballok

Foto: Cosmopolitan
Skarlett Yoxansson va Rayan Reynolds 2008 yilda turmush qurgan, lekin Rayanning Sandraga ilakishib qolgani haqidagi mish-mishlardan keyin 2010 yilda munosabatlarga nuqta qo‘yilgan. Rayan va Ballok «Taklif» filmida birgalikda suratga tushgan va shundan keyin o‘rtasidagi iliqlikni yashirmay qo‘ygan.

Skarlett Yoxansson - Jastin Timberleyk va Kameron Diaz

Foto: Cosmopolitan
Rayanning xiyonatiga uchragan Skarlett ham oppoq emas, u ham Diaz va Timberleykning ajrashishiga sababchi bo‘lgan. Jastinning, What Goes Around klipida suratga tushgan Yoxansson, Kameronning rashki va uch yildan ko‘proq davom etgan munosabatlarga yakun yasalishiga sababchi bo‘lgan​.

Uma Turman - Andre Balash va Kameron Diaz

Foto: Cosmopolitan
Diaz ham Skarlettdan qolishmaydi. 2007 yilda u mehmonxona tarmoqlari egasi Andre bilan tanishib, uning Uma Turman bilan unashtiruvi bekor bo‘lishiga sababchi bo‘lgan.

Devid Bekhem - Viktoriya Bekhem va Rebekka Lus[/b]

Foto: Cosmopolitan
2002 yilda, futbolchining asistenti Rebekka bilan ishqiy munosabatda ekani haqidagi xabar tarqalganidan keyin mashhur oilaning barbod bo‘lishiga bir baxya qolgan, lekin Devid bularning bari Rebekkaning uydirmasi ekaniga ont ichgan. Viktoriya esa eriga ishongan va oila saqlab qolingan. Shundan keyin futbolchi, ayolining qayta qo‘lini so‘ragan va juftlik takror bir-biriga sadoqatli bo‘lishga vada bergan.

[b]Gay Richi – Madonna va Aleks Rodriges


Foto: Cosmopolitan
Madonna, rejissyor Gay Richi bilan turmush qurganining yettinchi yilida Amerikaning mashhur beysbolchisi Aleks Rodriges bilan tanishadi. Sport o‘yinlarini kuzatish uchun tashrif buyurgan xonanda, hatto farzandlari bilan ham tanishtirib ulguradi. Bu vaqtda Aleks ham oilali bo‘lgan. Ularning har ikkisi ham bir vaqtda ajrashish uchun sudga murojaat qiladi. Biroq oilasini tashlab boshlangan munosabatlar olti oydan ko‘pga bormaydi. Ayni vaqtda Rodriges, Jennifer Lopes bilan uchrashadi va unga turmushga chiqishni taklif qilgan.

Dennis Kueyd – Meg Rayan va Rassel Krou

Foto: Cosmopolitan
Meg va Dennisning o‘n yillik turmushi «Hayotning isboti» filmining suratga olish jarayonida Meg, Rasselni sevib qolganidan keyin yakuniga yetgan. Aktrisaning xiyonati sabab 2001 yilda u bilan ajrashgan. Shunga qaramasdan, ularning hech birining shaxsiy hayotda omadi chopmagan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yulduzlar ishtirokidagi sevgi uchburchaklari: Mojaroli hikoyalar qanday yakun topgan?