Braziliyada chaqaloq belanchakdan yiqilib, jarohat oldi (video)

Braziliyada chaqaloq belanchakdan yiqilib, jarohat oldi (video)

Braziliyada chaqaloqning belanchakdan yiqilishi ortidan noxush hodisa yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa vaqtida bolaning onasi telefonga chalg‘igan. Shu paytda chaqaloq belanchakdan yiqilib, peshonasidan jarohat olgan.

Xabarlarda aytilishicha, bolaning jarohatlangan joyiga tikuv qo‘yilgan. Shuningdek, yiqilishdan keyin chaqaloqda tirishish kuzatilgani ham qayd etilgan.

Bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilgani va keyinchalik uning ahvoli yaxshilangani haqida ma’lumot berilgan.

Mazkur voqea aks etgan video Braziliyaning Natal shahriga oid Instagram sahifada e’lon qilingan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar