Avstraliya televideniyesining sobiq teleboshlovchisi Simona Rayt «Trade Me» saytida buyumlar savdosidan pul ishlab topish uchun o‘g‘li saratondan o‘layotganini aytib aldagan. «NZ Herald»ning yozishicha, u xaridorlarni qiziqtirish va hamdardlik uyg‘otish uchun shunday yo‘l tutgan.
Rayt, jumladan, 2008 yilda motosikl sotilishi haqida e’lon joylab, quyidagi jumlalarni qistirib qo‘ygan: «O‘g‘limiz saratondan vafot etyapti. Endi u motosikl uchishdan zavqlana olmaydi». Ayol hammasi bo‘lib 35 ming dollarga buyum sotgan.
Rayt aybini tan olmasligi tabiiy. Uning ta’kidlashicha, hammasining ortida sobiq eri turibdi. U 580 ming dollar miqdordagi moliyaviy firibgarligi uchun qamalib ketgan. Shunga qaramay, sud aldov yo‘li bilan pul ishlab topgani uchun uni firibgarlikda aybdor deb topdi. Yaqin kunlarda ayolning ustidan hukm e’lon qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi