20:50 / 20.08.2020
6 749

«Sobiq SSSR mamlakatlaridagi eng mashhur qonundagi o‘g‘ri» Turkiyada o‘ldirildi

«Sobiq SSSR mamlakatlaridagi eng mashhur qonundagi o‘g‘ri» Turkiyada o‘ldirildi
Turkiyaning Antaliya shahrida Ozarbayjon va Rossiya jinoyat olamidagi avtoritetlardan biri Nadir Salifov (Ismailov) otib tashlandi.
«Kommersant’» nashri uni Shakro Molodoyning merosxo‘ri va «sobiq SSSR mamlakatlaridagi eng mashhur qonundagi o‘g‘ri» deya ta’riflagandi.

Sabahning xabar berishicha, erkak mehmonxona restoranida boshiga otilgan o‘q tufayli halok bo‘ldi: ehtimoliy qotil o‘zining qurboni bilan birgalikda ovqatlanayotgan bo‘lgan. Gumondor jinoyat sodir bo‘lgan joydan ketishga urindi, ammo politsiya tomonidan Antaliya – Denizli trassasida ushlandi. Gazeta ehtimoliy killerning ismini oshkor qilmadi.

Salifov tez yordam mashinasida shifoxonaga olib kelindi, ammo shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay vafot etgan.

47 yoshli Salifov — etnik ozarbayjon bo‘lib, ammo Gruziyada tug‘ilgan: u tug‘ilishi bilan oilasi Ozarbayjonga ko‘chib o‘tgan. Ozarbayjonda Salifov yoshligidan boshlab jinoyat bilan shug‘ullangan: unga nisbatan bir necha bor o‘g‘irlik, banditizm va odam o‘g‘irlash ishi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan va bir necha bor sudlangan.

O‘tgan asrning 90-yillarida u Ozarbayjonda 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi, ammo keyinroq uning muddati 27 yilgacha uzaytirildi, shundan 22 yil qamoqda o‘tirdi. Muddatning katta qismida Salifov Ozarbayjon qamoqxonasidan turib o‘zining jinoiy guruhi, jumladan Rossiyadagi Uyushgan jinoiy guruhga rahbarlik qildi.

2014 yilda Salifov Moskvadagi uchta yirik bozor ustidan nazorat o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Rossiyada unga nisbatan Moskva va boshqa mintaqalarda, jumladan Tolyattida odam o‘g‘irlash, ta’magirlik bilan bog‘liq bir nechta jinoiy ish bo‘yicha tergov olib boriladi. Bundan tashqari unga nisbatan RF Jinoyat kodeksining yangi moddalari – jinoyat iyerarxiyasida yuqori mansabni egallash — uzoq yillar davomida jinoiy klanga rahbarlik qilish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ozodlikka chiqqan Salifov familiyasini Ismailov deya o‘zgartirdi va xorijga: tahminan Turkiyaga chiqib ketdi, ayrim ma’lumotlarga qaraganda u ma’lum muddat Dubayda ham yashagan. Unga nisbatan Rossiyada xalqaro qidiruv e’lon qilingan, Presnensk sudi uni sirtdan hibsga olish yuzasidan qaror qabul qilgan.

Manba: Tnews.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Sobiq SSSR mamlakatlaridagi eng mashhur qonundagi o‘g‘ri» Turkiyada o‘ldirildi