20:15 / 21.08.2020
3 170

Afg‘onistonda «So‘g‘diyona trans» korxonasi vakillariga qurolli hujum uyushtirildi

Afg‘onistonda «So‘g‘diyona trans» korxonasi vakillariga qurolli hujum uyushtirildi
20 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida Afg‘oniston tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifining kun tartibi va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, energetika va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Ta’kidlanishicha, vazirlar Afg‘onistonning Balx viloyatida 20 avgust kuni sodir bo‘lgan «So‘g‘diyona trans» sho‘’ba korxonasi vakillariga qurolli hujum hodisasini muhokama qilgan. Hanif Atmar mamlakatning vakolatli organlari tomonidan voqea tafsilotlari sinchkovlik bilan tekshirilayotganini va unga aloqador shaxslar javobgarlikka tortilishini ta’kidlagan.

O‘zbekiston tomoni Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston kompaniyalari va korxonalari xodimlari uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilishini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, 20 avgust kuni Afg‘onistonning Balx viloyatida «So‘g‘diyona trans» sho‘’ba korxonasi vakillariga qurolli hujum sodir etilgan. Korxona «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tarkibiga kiradi. Hujum oqibatida korxona koordinatsiya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari jarohat olgan, ikki nafar Afg‘oniston fuqarosi (Ichki ishlar vazirligining temir yo‘lni qo‘riqlash batalyoni askari va bir nafar hujum qilgan noma’lum shaxs) halok bo‘lgan.

Jarohat olgan korxona koordinatsiya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari korxonaga tegishli avtomashinada Termiz shahridagi kasalxonaga yetkazilgan. 21 avgust soat 7:00 dan Xayraton stansiyasi o‘z ishini davom ettirish uchun ochilgan. Mozori-Sharif va Naibobod stansiyalarida ochilishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda «So‘g‘diyona trans» korxonasi vakillariga qurolli hujum uyushtirildi