09:53 / 28.08.2020
3 814

Putin qanday hollarda Belarusga Rossiya qo‘shinlari kiritilishi mumkinligini aytdi

Putin qanday hollarda Belarusga Rossiya qo‘shinlari kiritilishi mumkinligini aytdi
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Belarus uchun huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan zaxira tayyorlab qo‘ygan, ammo ular hozircha jalb etilmaydi.

«Belarusda ekstremistik unsurlar chegaradan chiqib, talonchilik boshlaydigan bo‘lsa» Rossiya kuch tuzilmalari Belarus hukumatiga yordamga kelishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya-1» telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Belarus uchun huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan zaxira tayyorlab qo‘ygan, ammo ular hozircha jalb etilmaydi.

«Rossiya Belarusdagi barcha muammolar tinch yo‘l bilan hal etilishidan kelib chiqadi. Hozircha Belarusda Rossiya kuchlaridan foydalanishga zarurat yo‘q, umid qilamanki, zarurat bo‘lmaydi ham
», — dedi Putin.

Avvalroq Belarus mudofaa vazirligi Moskva Belarusga zirhli texnika va MI-35 vertolyotlarini yetkazib berish to‘g‘risida xabar bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin qanday hollarda Belarusga Rossiya qo‘shinlari kiritilishi mumkinligini aytdi