13:50 / 31.08.2020
2 835

Bill Geyts Uorren Baffettning 90 yoshiga atab uning portreti tushirilgan tort pishirdi (video)

Bill Geyts Uorren Baffettning 90 yoshiga atab uning portreti tushirilgan tort pishirdi (video)
Foto: Reuters
Microsoft asoschisi Bill Geyts 30 avgust kuni 90 yoshga to‘lgan investor Uorren Baffettni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Geyts Twitter’dagi sahifasiga investorning portreti tushirilgan yubiley tortini tayyorlagani tasvirlangan rolikni joylashtirgan.

60 soniyalik video oxirida Geyts tortning bir bo‘lagini kesib olib, Oreo pechenelari ushog‘ida «Uorren, 90 yoshing bilan!» degan yozuvni qoldirgan. Geytsning so‘zlariga ko‘ra, rolik Baffettning parhez ovqatlanish talablaridan kelib chiqib ishlangan.

Avvalroq Geyts o‘zining blogida Baffett bolaligi nimani iste’mol qilgan bo‘lsa, hozir ham shuni yeyishni davom ettirayotganini yozib qoldirgan. Uning aytishicha, biznesmen Geytsning uyiga kelganida nonushtaga Oreo pechenesini yegan va bolalar ham uning ishini takrorlagan. «U yoshlar uchun yomon namuna bo‘lishi mumkin, lekin ushbu parhez qandaydir yordam beradi», — deya ta’kidlagan Geyts.

Bundan tashqari, Geyts o‘z blogi orqali ham Baffettni tabriklagan. Uning ta’kidlashicha, o‘zi va Baffettni matematika va raqamlarga bo‘lgan muhabbat birlashtirib turadi. Ular bir-biri bilan uchrashganiga 10 649 kun bo‘lgan. Biznesmenlar birinchi bor 1991 yilning 5 iyulida ilk bor ko‘rishishgan.

CNN telekanalining ma’lum qilishicha, Baffett shirinlikxo‘r va u kuniga kamida besh banka Coca-Cola ichadi. Shuningdek, u Coca-Cola’ning yirik investor hisoblanadi, uning Berkshire Hathaway kompaniyasi See’s Candies konfetlar do‘koniga egalik qiladi.

Uorren Baffett — dunyodagi eng omadli investorlardan biri, Berkshire Hathaway kompaniyasi rahbari hisoblanadi. Forbes jurnalining versiyasi bo‘yicha, u 82,4 milliard dollar boyligi bilan dunyoning eng badavlat insonlari qatorida 4-o‘rinni egallagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bill Geyts Uorren Baffettning 90 yoshiga atab uning portreti tushirilgan tort pishirdi (video)