2 474
Indoneziyada niqob taqmasdan yurgan erkaklar koronavirusdan vafot etganlar uchun qabr qazishga yuborilmoqda
Foto: The Daily Mail
Indoneziyaning Gresik okrugida pandemiya vaqtida niqobsiz yurgan erkaklarni profilaktika maqsadida jazolashga qaror qilindi. Qo‘lga tushgan qoidabuzar erkaklar koronavirus qurbonlari uchun qabr qazishga yuborilmoqda, deb yozadi The Daily Mail.
Ma’lum qilinishicha, qabr qazish ishlariga dastlab sakkizta qoidabuzar yuborilgan. Mahalliy hukumat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ularning hududida faqat uch nafar professional go‘rkov qolgan, shu sababli «ularga yordam zarar qilmaydi».
Gresikda koronavirus bilan kasallanganlar soni ortishni davom etmoqda va mahalliy qishloqlarda karantin choralari kuchaytirilyapti. «Ko‘pchilik turli sabablarga ko‘ra yangi karantin qarorlarini mensimayapti va ularni jamoat ishlari kabi jazo kutmoqda», — deydi mahalliy hukumat vakili.
Indoneziyada COVID-19’ga chalinganlar sonining ortishi davom etmoqda, o‘tgan bir sutkaning o‘zida yana 3636 kishida koronavirus aniqlangan. Pandemiya boshlanganidan buyon kasallikka chalinganlar soni 221 ming kishidan oshgan, hozirga qadar 8841 kishi virus qurboniga aylangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi