07:00 / 05.10.2020
3 515

Misrlik arxeologlar 2600 yillik sarkofagni jurnalistlar oldida ochishdi (video)

Misrlik arxeologlar 2600 yillik sarkofagni jurnalistlar oldida ochishdi (video)
Foto: EPA/Vostock-photo
Misrning qadimiyliklar ishlari bo‘yicha vaziri Xolid Al-Ananiy Qohira yaqinida joylashgan Sakkara nekropolida kamida 59 ta qadimiy sarkofag topilganini ma’lum qildi. Taqdimot Joser ehromi yaqinida o‘tgan.

Associated Press nashrining xabar berishicha, arxeologlar maxsus taqdimotda noyob topilmalarni jurnalistlar va diplomatlarga taqdim etishdi va matbuot vakillari ko‘z o‘ngida ulardan birini ochishdi.

Al-Ananiyning ta’kidlashicha, tobutlarning aksariyatida mumiyolangan jasadlar joylashgan. Ular 2600 yil oldin dafn etilgan.
Men buni katta arxeologik kashfiyot boshlanishi deb hisoblayman”, deb aytgan vazir va tobutlar topilgan hududda yana ko‘plab sarkofaglar bo‘lishi mumkinligini aytgan.
View this post on Instagram

Saqqara.. The announcement of the new archeaological discovery ??Egypt is attracting the world سقارة والأعلان عن الاكتشاف الآثري الجديد??مصر تجذب العالم ?? . . . #egyptiancivilization #newdiscovery #Egypt #zahihawass #egyptology #egyptianheritage #ancienttombs #ancientegyptians #thisisegypt?? #ancientegypt #greategypt #archaeologicaldiscovery #newdiscoveries #newdiscovery #exploreegypt #outofthetombs #archaeologicalsite #sakkara #saqqara #visitegypt #archaeologylovers #UNESCO #egyptiandiscovery #archaeologicalsite #antiquities #MinistryofTourismandAntiquities #egyptology_misr #experienceegypt #egyptiantreasures #tourism #staytunedformoreupdates

A post shared by Mohamed Hamza ?? (@mohamed_master_travel) on


Ma’lum qilinishicha, yorqin bezalgan tobutlar miloddan avvalgi 664-525 yillarda yashagan ruhoniylar, mansabdor shaxslar va elita vakillariga tegishli bo‘lgan.

Sakkara Kohiradan 30 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, u 3 ming yil davomida qabriston sifatida qo‘llangan va Qadimgi Misr poytaxti Memfisning bosh nekropoli hisoblangan. Ushbu ob’ekt hozirda YUNЕSKOning Jahon merosiga kiradi. Sakkarada kamida 11 ta piramida hamda Qadimgi Misrning nufuzli va yuqori lavozimli mansabdor shaxslariga tegishla yuzlab sarkofaglar mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Misrlik arxeologlar 2600 yillik sarkofagni jurnalistlar oldida ochishdi (video)