2 922
Koronavirusga qarshi immunitet uzog‘i bilan qancha saqlanib qolishi mumkinligi ma’lum qilindi
Rossiyaning “Vektor” markazi laboratoriyasining sobiq rahbari Aleksandr Chepurnov koronavirusga qarshi immunitet unga chalinib sog‘ayganlarda taxminan yarim yil saqlanib qolishi mumkinligini aytdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, koronavirusga chalinganlarda 3-4 oydan keyin antitanalar miqdori kamaya boshlaydi va to‘liq yo‘qolishi mumkin. 5-6 oydan keyin esa immunitet koronavirus antigeniga umuman javob bermay qo‘yadi.
“Shu sababli koronavirusga qarshi paydo bo‘lgan immunitetni yarim yillik deb baholayman. Biz hozirda aynan shunday bemor ortidan kuzatmoqdamiz. U bir oy avval a’lo darajadagi immunitetga ega bo‘lib turib, birinchi kasallanishdan 6 oy o‘tib yana virusga chalindi. Bundan kelib chiqsak, aprel va mayda kasallanganlar hozirda virusga qayta chalinish xavfi ostidalar”, deb ogohlantirgan mutaxassis.
Chepurnovning fikricha, kasallanganlar sonining oshishi koronavirusga qarshi ommaviy immunitetni shakllantirishga yordam bermaydi.
“Kasallanganlar yordamida ommaviy immunitetni shakllantirishga umid yo‘q. Bugunga kelib buni amalga oshirib bo‘lmasligi ayon bo‘ldi”, deb ta’kidlab o‘tgan virusolog. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video)
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi?
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari