10:00 / 05.10.2020
2 798

Shifokor koronavirusning hali kutilmagan jihatlari borligini aytdi

Shifokor koronavirusning hali kutilmagan jihatlari borligini aytdi
COVID-19 dan tuzalgan ba’zi bolalar va kattalarda aniqlana boshlagan MIS-A yallig‘lanish sindromi SARS-CoV-2 ning birgina asorati bo‘lmasligi mumkin. Bu haqda yuqumli kasalliklar shifokori Nikolay Malishev aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday hodisalar muntazam ravishda ro‘y berishi mumkin, chunki koronavirus hali juda kam o‘rganilgan.
«Koronavirus ko‘plab kutilmagan jihatlarga ega», – dedi u. – «Biz har xil asoratlarga duch kelishimiz mumkin».

Eslatib o‘tamiz, amerikalik olimlar kattalarda o‘tkir yallig‘lanuvchi MIS-A sindromini aniqlashgani xabar qilingandi. U koronavirusning og‘ir asorati hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shifokor koronavirusning hali kutilmagan jihatlari borligini aytdi