
Foto: ednews.net
Jang olib borilayotgan hududdan evakuatsiya qilingan Armaniston fuqarosi Aznif Bagdasaryan Bokuda jurnalistlarga intervyu berdi.
«Men Dushanbeda tug‘ilganman. Onam, buvim 1988 yilgacha Bokuda yashagan. Men uchun hech qachon yomon millat va yomon mamlakat bo‘lmagan. Biz sizlar kabi tinch yashashni xohlaymiz», – dedi u.
A.Bagdasaryan Ozarbayjon askarlari tomonidan urush hududidan evakuatsiya qilinishidan oldin qo‘rqinchdan yashirinib yurganini so‘zlab berdi: «Agar ozarbayjonliklar qo‘liga tushib qolsang seni o‘ldirishadi deb meni qo‘rqitishdi. Ammo bunday bo‘lmadi».
U arman onalariga o‘z farzandlarini urushga jo‘natmaslikka chaqirdi.
«Biz urushni istamaymiz. Onalarning o‘z farzandlariga motam tutishlarini va bolalar yetim bo‘lib qolishlarini istamaymiz», dedi Aznif Bagdasaryan.
Armaniston FuqarosiEvakuatsiya JarayoniOzarbayjon AskarlariUrushga Jo‘natmaslikDushanbeda Tug‘ilganBokuda Yashagan O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar