21:05 / 09.10.2020
3 582

Bishkekka harbiy bo‘linmalar va texnika kiritiladi

Bishkekka harbiy bo‘linmalar va texnika kiritiladi
Foto: AP/TASS
Bishkek komendaturasiga ommaviy va sport tadbirlari, mitinglar, namoyish va piketlar o‘tkazishni taqiqlash, shuningdek, ommaviy axborot vositalari ustidan nazorat o‘rnatish huquqi berildi.

Qirg‘iziston poytaxtida favqulodda holat joriy etilishi munosabati bilan Bishkekka harbiy bo‘linmalar va texnika kiritiladi. Bu mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekovning farmonida ko‘rsatilgan.

Farmonda aytilishicha, qurolli kuchlar bosh shtabiga blok-postlar tashkil qilish, qurolli to‘qnashuvlarning oldini olish, tartib saqlash va aholini himoya qilish maqsadida harbiy texnika bilan ta’minlangan jangovar bo‘linmalarni kiritish topshirig‘i berildi.

Bundan tashqari, Bishkek komendaturasiga ommaviy va sport tadbirlari, mitinglar, namoyish va piketlar o‘tkazishni taqiqlash, shuningdek, ommaviy axborot vositalari ustidan nazorat o‘rnatish huquqi berildi.

Bishkek hududida aloqadan foydalanishning alohida tartibi joriy etilishi, transport harakati cheklanishi mumkin.
Qayd etilishicha, Bishkekda favqulodda holat rejimi 21 oktabrgacha joriy etilgan.

5 oktabr kuni Bishkekda hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi ikki partiya g‘olib chiqqan parlament saylovlari natijalariga qarshi namoyishlar boshlandi. Namoyishlar tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Bir necha yuz kishi jarohat oldi, bir kishi halok bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bishkekka harbiy bo‘linmalar va texnika kiritiladi