21:00 / 10.10.2020
3 560

Taksichilarga raqib paydo bo‘lmoqda

Taksichilarga raqib paydo bo‘lmoqda
Foto: «Waymo»
Feniks (AQSH, Arizona shtati) aholisi hademay haydovchisiz taksilarda yurish imkoniga ega bo‘ladi. Chunki «Google» kompaniyasi «Waymo» servisini kengaytirmoqda, deb xabar berdi BBC.

Haydovchisiz taksilar sinovlari «Waymo»ning tanlangan mijozlari orasida avval o‘tkazilayotgan, biroq koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtab qolgandi.

Foto: «Waymo»
O‘ziyurar taksilardan dastavval «Waymo» ilovasi eski mijozlarining do‘stlari va qarindoshlari foydalanishlari mumkin bo‘ladi, keyin navbat boshqalarga ham keladi. Ta’kidlash kerakki, bu xizmat va’da qilingan muddatidan ikki yilga kechikmoqda, sabablari esa ma’lum.

Avtomobillar masofadan nazorat qilinadi, transport vositalari operatorlari favqulodda vaziyatlarda, masalan, yo‘l yopilib qolganida jarayonga qo‘shilishadi.

«Ars Technica» ma’lumotiga ko‘ra, boshlanishiga haydovchisiz taksilar xizmati bilan Feniks va chor-atrofidagi shaharchalar — Chandler, Tempe va Mesaning 130 kvadrat kilometri qoplab olinadi.

Haydovchisiz taksini jami qancha odam «tuta oladi», buni kompaniya hozircha ochiqlamagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Taksichilarga raqib paydo bo‘lmoqda