Germaniyada gazon o‘radigan robot o‘z egasiga xabar jo‘natib, o‘g‘rining qo‘lidan qutulib qoldi

Germaniyada gazon o‘radigan robot o‘z egasiga xabar jo‘natib, o‘g‘rining qo‘lidan qutulib qoldi
Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Germaniyaning Lippshtadt shahrida gazon o‘ruvchi robot «ag‘darilib tushgani» to‘g‘risida egasiga xabar jo‘natib, o‘zining o‘g‘irlab ketilishiga to‘sqinlik qildi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, Hi-Tech.Mail.ru xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘ngilsiz hodisa mahalliy vaqt bilan soat 18:30 larda sodir bo‘lgan. O‘g‘rilikda gumonlanayotgan erkak robotni qo‘ltig‘i ostida qisib olganida, u mobil dastur orqali o‘z egasiga ag‘darilgan holda ekanligi to‘g‘risida xabar jo‘natgan.

«Shu sababli uning egasi bog‘iga kelib, uni to‘g‘rilab qo‘ymoqchi bo‘lgan va og‘riga duch kelgan», — deyiladi politsiya xabarida.

Jinoyatchi robot qurilmani tashlab, voqea joyidan qochib ketgan. Apparat egasi sodir bo‘lgan voqea haqida politsiyaga xabar bergan, ammo hozircha o‘g‘ri qo‘lga olingani yo‘q.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar