1 962
AQSH Tog‘li Qorabog‘ga tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish masalasi ustida ish olib bormoqda
Foto: REUTERS
AQSH Tog‘li Qorabog‘ga Skandinaviya mamlakatlarining tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert O'Brayen ma’lum qildi.
"Turkiyaning har qanday ko‘rinishdagi vositachiligi yoki tinchlikparvarligi AQSH hamda Armaniston uchun muvaffaqiyatsiz tashabbus hisoblanadi. Biz har ikki mamlakat skandinaviyalik tinchlikparvarlar joylashtirilishiga rozi bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz. Biz Skandinaviya mamlakatlari bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini saqlab turish uchun mintaqada joylashtiriladigan tinchlikparvar kuchlarni shakllantirish masalasi ustida ishlamoqdamiz", - dedi O'Brayen.
Uning fikricha, "ko‘pmillatli tinchlikparvar kuchlar yoki kuzatuvchilar ishtirokisiz Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qat’iy amal qilinishini tasavvur qilish qiyin".
YEXHT matbuot xizmatining xabar qilishicha, 30 oktabr kuni Minsk guruhining hamraislari Armaniston va Ozarboyjon tashqi ishlar vazirlari bilan alohida va birgalikda uchrashuvlar o‘tkazgan.
Mintaqadagi vaziyat 27 sentabrda keskinlashdi, bahsli hududda to‘qnashuvlar boshlandi. Armaniston va Ozarboyjon o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida uch marta kelishuvga erishgan bo‘lsa-da, janglar davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi