10:13 / 02.11.2020
3 244

Infeksiya qayoqqa g‘oyib bo‘ldi? Avstraliyada koronavirus qayd etilmadi

Infeksiya qayoqqa g‘oyib bo‘ldi? Avstraliyada koronavirus qayd etilmadi
Foto: «RIA Novosti»
Kuni kecha Avstraliyada iyun oyidan beri birinchi marta koronavirus bilan yangi kasallanish holati qayd etilmadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Greg Xant ma’lum qilgan.

«9 iyundan beri ilk bor koronavirusga chalinish holati kuzatilmadi», — deb yozgan idora rahbari «Twitter»da. U mamlakat tibbiyot xodimlari va fuqarolariga minnatdorchilik bildirdi.

Avstraliyada jami 27 595 ta COVID-19 holati qayd etilgan, shundan 907 nafari hayotdan ko‘z yumgan, 25 336 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Infeksiya qayoqqa g‘oyib bo‘ldi? Avstraliyada koronavirus qayd etilmadi