10:55 / 03.11.2020
3 179

Fransiyada eski uyni mensimagan merosxo‘r xazinadan quruq qoldi

Fransiyada eski uyni mensimagan merosxo‘r xazinadan quruq qoldi
Foto: «RIA Novosti»
Fransiyada shaharlardan birining hokimiyati umumiy qiymati 500 ming yevrodan ortiq oltin xazinasi bo‘lgan uyni sotib oldi, deya xabar berdi «France 3» telekanali.

Jobe familiyali savdogarlar oilasi bir asrdan ortiq vaqt mobaynida More kommunasi (Yura departament) markazidagi ikki qavatli uyga egalik qilib kelishgan. Taxminan bir oy oldin uyning qonuniy egasi vafot etdi, yagona merosxo‘r esa ko‘chmas mulk bilan o‘zini ovora qilishni xohlamadi va shahar ma’muriyatiga uyni sotib olishni taklif qildi.

Uyni ko‘zdan kechirish vaqtida hokimiyat xodimlari ikkinchi qavatdagi javondan beshta oltin yombisi va har birining qiymati 20 frankka teng 1,1 mingdan ziyod oltin tangalarni topib olishdi. Xazinaning umumiy qiymati 500 ming yevroga baholanmoqda.

Bundan tashqari, uydan XIX asr oxirlariga taalluqli optik uskunalar, Ikkinchi jahon urushi davrida olingan fotosuratlar va boshqa tarixiy buyumlar chiqqan.

Uyni sotib olish bo‘yicha kelishuv esa hokimiyatga bor-yo‘g‘i 130 ming yevroga tushdi, deb yozishmoqda mahalliy ommaviy axborot vositalari.
Topilgan xazina endi shahar hokimiyatiga tegishli.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyada eski uyni mensimagan merosxo‘r xazinadan quruq qoldi