
Foto: Daily Mail
AQSH prezidenti Donald Trampning vertolyoti sotuvga qo‘yildi. Bu haqda TMZ portali yozmoqda.
Tramp Oq uy mulki bo‘lmagan uchta Sikorsky S76-B vertolyoti va bir nechta shaxsiy samolyotlariga ega. Oq uy rahbari vakillarining topshirig‘iga binoan vertolyotlardan biri Aero Asset kompaniyasi orqali sotuvga qo‘yilgan.
Vertolyot Trampning istagiga binoan jihozlangan: o‘rindiqlariga oq charm qoplangan va oltindan tayyorlangan xavfsizlik kamarlariga ega.

Qayd etilishicha, bunday vertolyotlarning narxi 700-800 ming dollar atrofida bo‘lib, yangiroq modellari bir-ikki million dollar turadi. Nashrning taxminicha, Trampning vertolyoti ko‘pi bilan 1,5 million dollarga sotilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar