12:20 / 11.11.2020
2 562

Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha omadsizlikda javobgar ekanligini ma’lum qildi

Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha omadsizlikda javobgar ekanligini ma’lum qildi
Foto: «TASS»
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ atrofida yuzaga kelgan majburiyatlar uchun javobgar ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

«Ha, men bu vaziyat uchun javobgarman va javobgar bo‘laman. Bu biz uchun katta omadsizlik, katta falokat, yo‘qotilgan hayotlar uchun katta motam, biroq ishonamanki, Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ yashashi, mustahkamlanishi, kuchayishi kerak, turli masalalar bo‘yicha avvalgi qarashlarni qayta ko‘rib chiqishi kerak», — deya ta’kidlagan Pashinyan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston va Qorabog‘ning iqtisodiy, gumanitar rivojlanishiga e’tibor qaratish kerak. «Qayd etish kerakki, biz yiqildik, biroq jarlikka qulamadik, biz o‘z vaqtida to‘xtash haqida qaror qildik. Aks holda bizning holatimiz ancha yomonroq bo‘lgan bo‘lardi. Zarur saboq olish kerak, bu mamlakatimizning keyingi rivojlanishida yordam berishi mumkin», — deya qayd etgan Armaniston bosh vaziri.

Tog‘li Qorabog‘ prezidentining matbuot kotibi Vagram Pogosyan 9 noyabr kuni mamlakat armiyasi Shusha shahri ustidan nazoratni yo‘qotganini va nazorat Ozarbayjon qo‘liga o‘tganini ma’lum qildi. Shu tariqa Ozarbayjon armiyasi Tog‘li Qorabog‘ poytaxti Stepanakert yaqiniga joylashib oldi.

10 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘da 10 noyabr soat 00:00 dan boshlab barcha jangovar harakatlarning butunlay to‘xtatilishi haqida uch tomonlama bayonot qabul qilgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur bayonotga ko‘ra, Ozarbayjon va Armaniston Qurolli kuchlarining bo‘linmalari egallab turgan joylarida to‘xtaydi. Rossiya tinchlikparvarlari esa Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuv chizig‘i hamda uni Armaniston bilan bog‘lovchi koridorda joylashtiriladi.

Qorabog‘ masalasida Pashinyanning qaroridan norozi bo‘lganlar Armaniston hukumati binosini egallab oldi. Bir necha o‘n kishi bosh vazirning xonasi va qarorgohini talab ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha omadsizlikda javobgar ekanligini ma’lum qildi