07:30 / 16.11.2020
2 549

Shifokor koronavirusning yashirin xavf-xatarlarini ma’lum qildi

Shifokor koronavirusning yashirin xavf-xatarlarini ma’lum qildi
Foto: «Sdelanounas.ru»
Koronavirusning yashirin xavf-xatarlari haqida rossiyalik tibbiyot fanlari doktori, shifokor-endokrinolog, akademik Marina Shestakova ma’lum qildi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus oshqozonosti beziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shu bois u kasallikka chalinganlarda diabet rivojlanish xavfini oshiradi.

«SARS-CoV-2 virusiga retseptorlar oshqozonosti bezi beta-hujayralarida aniqlangan. Demakki, bu to‘ppa-to‘g‘ri birinchi tur diabetning rivojlanishiga olib boradi», — deya ta’kidladi shifokor.

Yana bir xavf-xatar izolyatsiya qilish davri va jismoniy faollik cheklanishi bilan bog‘liq. Bunday turmush tarzi semizlikning rivojlanishiga turtki beradi.

«Italiyalik olimlar o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, COVID-19 davrida tana vazni me’yorda va ortiq bo‘lgan odamlar guruhidan semizlikdan qiynalayotgan odamlar guruhiga o‘tganlar soni qariyb uch baravar ko‘paygan. Tana vazni ortishi, to‘yib ovqatlanish, harakatning cheklanishi — bularning bari to‘ppa-to‘g‘ri ikkinchi tur diabetga olib boradi», — deydi Shestakova.

Bundan tashqari, koronavirus bemorlaridagi stress diabet bilan og‘rimayotgan kishilarda giperglikemiyani chaqiradi.
«Odatda COVID-19dan tuzalgandan so‘ng bunday turdagi giperglikemiya ham yo‘qoladi. Biroq bir necha oydan so‘ng o‘sha odamda diabet rivojlanish xavfi saqlanib qoladi. Bunday vaziyat COVID-19 bemorlari uchun tuzalish prognozi, hatto, diabetning o‘zidan ko‘ra yomonroq bo‘lib chiqdi», — deya ta’kidladi shifokor-endokrinolog.

Barcha noxush asoratlarning oldini olish uchun mutaxassis «divanga cho‘zilib yotib, tinimsiz tamaddi qilmaslikni» maslahat beradi.
«Sabzavotli salatlar tayyorlang, oqsilli taom, tvorogli mahsulotlar iste’mol qiling — marhamat! Faqat shirinliklarga mukkasidan ketmasangiz bo‘lgani! Shundagina murakkab pandemiya davridan sog‘liq va jismoniy qomatni saqlagan holda o‘tishingiz mumkin», — dedi Shestakova.

Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda, uning so‘zlariga ko‘ra, dori-darmonlarni qat’iy shifokor ko‘rsatmasi asosida qabul qilish va ko‘proq suyuqlik ichish kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shifokor koronavirusning yashirin xavf-xatarlarini ma’lum qildi