20:30 / 05.12.2020
3 437

Olimlar nima sababdan ba’zi hayvonlar koronavirusga qarshi immunitetga ega ekanligini aniqladi

Olimlar nima sababdan ba’zi hayvonlar koronavirusga qarshi immunitetga ega ekanligini aniqladi
Foto: EPA
Hayvonlarning ba’zi turlari — cho‘chqa, kalamush, qushlarning koronavirusga chalinish ehtimoli past va ularda virusga qarshi immunitet mavjud. Bu haqda Stenford universiteti olimlari guruhi ma’lum qildi, deb yozmoqda «Korrespondent.net».

Koronavirus odam hujayrasiga ACE2 retseptorlari orqali tushadi. Tadqiqotchilar odam tez-tez aloqada bo‘ladigan 28 ta hayvon turini o‘rganib, ularda xuddi shunday retseptorlarni aniqladi.

Aniqlanishicha, turli hayvonlarda bu retseptorlar juda o‘xshash, biroq molekulyar tuzilish biroz farq qiladi. Odam retseptorlariga eng ko‘p o‘xshaydigan retseptorlar shimpanzelarda aniqlangan (99,5 foiz o‘xshashlik), eng kami esa oltin baliqchalarda (72 foiz).

Bu retseptorlarning kompyuter tahlili virusning oqsil «tishlari» bilan aloqa o‘rnatishga va mos ravishda infeksiyaning hujayraga kirishiga to‘sqinlik qiladigan mutatsiyani aniqladi.

Shunday bo‘lsa ham, olimlar koronavirusning bundan keyin mutatsiyaga uchrashini va hatto immunitetga ega hayvonlarni ham zararlaydigan shtammlarning paydo bo‘lishini istisno qilmayapti.

Tadqiqot rahbari Joao Rodrigesh kasallangan odamlarni Jahon hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash tashkilotining tavsiyalariga amal qilishga hamda uy va yovvoyi hayvonlar, chorva bilan aloqani cheklashga chaqirgan. Aks holda, koronavirus pandemiyasi turlararo pandemiyaga aylanishi va ko‘plab qirilib ketayotgan hayvonlarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar nima sababdan ba’zi hayvonlar koronavirusga qarshi immunitetga ega ekanligini aniqladi