AQSh Xitoyning 14 mansabdor shaxsiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

1 daqiqa o'qish2.9K
AQSh Xitoyning 14 mansabdor shaxsiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi
Foto: Reuters
Xitoy xalq vakillari yig‘ini (parlament) doimiy qo‘mitasi rahbariyatining 14 a’zosi Hongkong atrofidagi vaziyat tufayli AQSh sanksiyalari ostiga tushdi. Ularning barchasi qo‘mita raisi o‘rinbosarlari hisoblanadi.

Avvalroq Reuters axborot agentligi manbalarga tayanib, AQSh ushbu sanksiyalarni Xitoy hukumati Hongkong qonunchilik kengashining 4 nafar muxolif deputatini chetlashtirish qarori sababli tayyorlaganini ma’lum qilgan. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, “qora ro‘yxat”ga tushganlar orasida Xitoy parlamenti va Kommunistik partiyasi a’zolari bor.

Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Xua Chunin Vashington Hongkong ishlariga aralashishni to‘xtatmasa, Pekin qat’iy javob choralari ko‘rishini ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, “Hongkong Xitoyning ajralmas qismi, Hongkong ishlari esa Xitoyning ichki ishlari hisoblanadi va ularga tashqaridan aralashilishiga toqat qilinmaydi”.

AQSh “qora ro‘yxati”ga tushish sanksiyalar ostiga tushganlarning AQShdagi aktivlarining muzlatilishini, ularga AQShga kirish va amerikalik fuqarolar yoki kompaniyalarning ular bilan biznes olib borishi taqiqlanishini anglatadi.

30 iyunda Xitoy Hongkong milliy xavfsizligini ta’minlash haqidagi qonunni qabul qilgandi. Ushbu qonun ayirmachilik, terrorchilik, davlat hokimiyatiga putur yetkazish, xorijiy kuchlar bilan til biriktirish kabi jinoyatlar oldini olishga qaratilgan va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ko‘zda tutadi. Shuningdek, Xitoy hukumati Hongkongda mahalliy qonunlar amal qilmaydigan maxsus davlat xavfsizlik idoralarini tashkil etgan. AQSh Xitoyning bu tashabbusini Hongkongning “muxtoriyati” va “bir davlat – ikki tizim” tamoyilining buzilishi deb qabul qilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?