Foto: Toshkent shahar hokimligi
Yaponiyaning Nagoya shahrida O‘zbekistonga oid tasvirlar tushirilgan avtobus harakatlanmoqda, deya xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi.
Ma’lum qilinishicha, 2020 yil 19 dekabrda Nagoyada Toshkent kunlari nishonlanadi. Shu munosabat bilan Nagoya shahar meriyasi tomonidan jamoat transporti bo‘lgan avtobus O‘zbekistoning turizm salohiyatini targ‘ib etuvchi dizaynda tayyorlandi.
«Chet elda vatanimiz tasvirlari tushgan avtobus ko‘zni quvontiradi va bizni xursand qiladi. Nagoyadagi vatandoshlarimizdan O‘zbekiston avtobusi foto va videolarini jo‘natishingizni so‘raymiz», – deyiladi hokimlik xabarida.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Avvalroq Toshkentda Yaponiya raqamli universiteti tashkil etilishi hamda Yaponiya O‘rta Osiyo mamlakatlari va Afg‘onistonga chigirtkadan himoyalanish maqsadida 7,5 million dollar ajratgani haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi