23:43 / 18.12.2020
2 217

Ilhom Aliyev Armanistonning mag‘lubiyatida Nikol Pashinyandan avvalgi rahbarlarni aybladi

Ilhom Aliyev Armanistonning mag‘lubiyatida Nikol Pashinyandan avvalgi rahbarlarni aybladi
Armanistonning Tog‘li Qorabog‘ ixtilofidagi mag‘lubiyatiga Armanistonning sobiq prezidentlari Robert Kocharyan va Serj Sargsyan ham javobgar hisoblanadi. Bu haqda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev MDH davlatlari rahbarlari sammitida aytdi.

Shaharlarimizni Pashinyan armiyasi yo‘q qilmagan – u bunday ko‘rsatma bermagan. Bularning barchasi MDH bo‘yicha “hamkasblarimiz” - Kocharyan va Sargsyan tuzumi tomonidan amalga oshirilgan. 20 yil yig‘ilishlarimizda ishtirok etgan, uzoq vaqt men bilan muzokaralar olib borgan odamlar tomonidan. Biz ularning qo‘li Ozarboyjon xalqining qoniga botganini bilardik, biroq u yerga (Tog‘li Qorabog‘) kirganimizda ular sodir etgan qilg‘iliklarning dahshati, fojiaviyligini ko‘rdik”, deb aytgan Aliyev.

Uning aytishicha, Ozarboyjon qo‘shinlari tomonidan 2020 yilda kechgan ikkinchi Tog‘li Qorabog‘ urushida yo‘q qilingan arman armiyasi ham Kocharyan va Sargsyan tomonidan yaratilgan.

Yo‘q qilingan armiya – Pashinyan armiyasi emas, bu Kocharyan va Sargsyan 20 yil davomida yaratgan armiyadir. Shu sababli hozir siyosiy vaziyatdan foydalanib, Pashinyanga hujum qilmoqchi bo‘lganlar bu uning armiyasi emasligini bilishlari kerak. Bu armiyani Kocharyan va Sargsyan yaratgan va biz uni tor-mor etdik”, deb qo‘shimcha qilgan Aliyev.

Robert Kocharyan Armanistonga 1998 yildan 2008 yilgacha rahbarlik qilgan. U Armanistonning ikkinchi prezidenti va Tog‘li Qorabog‘ning birinchi prezidenti hisoblanadi. Serj Sargsyan esa 2008 yildan 2018 yilgacha Armaniston prezidenti lavzomini egallagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilhom Aliyev Armanistonning mag‘lubiyatida Nikol Pashinyandan avvalgi rahbarlarni aybladi