Foto: «Mysaldon.com»
Shvetsiyada koronavirus pandemiyasi tufayli bo‘shab qolgan tijorat binolarini turar joyga qayta formatlash haqida taklif berildi. Ushbu tashabbus mamlakatdagi uy-joy yetishmovchiligini bartaraf etishga yordam beradi, deya xabar qilmoqda Reuters’ga tayanib «Lenta.ru».
Ayni paytda Shvetsiya hukumati 140 mingga yaqin uy yetishmovchiligini bartaraf etish maqsadida ushbu masalani o‘rganmoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, pandemiyadan keyin shved ishchilarining, taxminan, beshdan bir qismi masofaviy tarzda ishlashni boshlaydi. Shu sabab tijorat binolari bo‘shaydi.
Ko‘pgina kompaniyalar, xususan, onlayn sotuvchilar endi bunday yirik ofislarga ehtiyoj sezmayotganini angladi. Bundan tashqari, qo‘shimcha kvadrat metrlardan voz kechish inqiroz paytida ijara haqini tejashga imkon beradi. Biroq barcha ob’ektlar qayta formatlashga yaroqli emas.
Ma’lumot uchun, qurilishning qat’iy qoidalari sabab Shvetsiyadagi bino qurilishi Yevropadagi eng qimmat qurilishlardan biriga aylangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Shvetsiyada qat’iy karantin joriy qilinadi

Karantindan voz kechgan Shvetsiyada o‘lim darajasi 150 yillik antirekordni yangiladi

Qozog‘istonda masofaviy ta’limni yaxshilashning o‘ziga xos yo‘lini topishdi

Shvetsiyada ishlash talab etilmaydigan va mo‘maygina maosh to‘lanadigan ish taklif qilinmoqda

Shvetsiyaning bosh epidemiologi karantindan voz kechish xato bo‘lganini tan oldi

Shvetsiyada karantin kiritilmagani noto‘g‘ri strategiya bo‘lgani tan olindi