Fransiyalik dorboz 186 metr balandlikda 400 metrlik arqondan yurdi

Fransiyalik dorboz 186 metr balandlikda 400 metrlik arqondan yurdi

Fransiyalik mashhur dorboz va sirk artisti Tatyana-Mosio Bongonga navbatdagi xavfli va hayratlanarli chiqishini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

U 20 sentyabr kuni Fransiyaning Loos-an-Goel shahrida Yevropadagi eng baland ikki terrik — ko‘mir qazib olishdan hosil bo‘lgan sun’iy tepaliklar — o‘rtasida tortilgan 400 metrlik arqondan yurib o‘tdi. Arqon yer sathidan 186 metr balandlikda joylashgan edi.

42 yoshli artist ushbu masofani xavfsizlik kamari va himoya to‘risiz bosib o‘tdi. Uning chiqishi 36 daqiqadan ortiq davom etgan.

G‘ayrioddiy tomoshani 9 mingdan ortiq, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, qariyb 10 ming nafar tomoshabin kuzatgan. Tatyana-Mosio Bongonga marraga muvaffaqiyatli yetib kelgach, tomoshabinlar uni olqishlar bilan kutib olgan.

Mazkur chiqish Yevropa merosi kunlari doirasida tashkil etilgan bo‘lib, artist bu g‘oyani 2019 yilda paydo qilgan edi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar