Kichkina Elaning orzusi amalga oshdi: minglab sharlar osmonga uchirildi

1 daqiqa o'qish656
Kichkina Elaning orzusi amalga oshdi: minglab sharlar osmonga uchirildi

Turkiyada Trabzonspor va Galatasaroy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan kichkina Ela uchun ta’sirli tadbir o‘tkazildi. Saratonni yengib, og‘ir davolanish jarayonini ortda qoldirgan qizaloqning orzularidan biri amalga oshirildi. Bu haqda Trabzonspor klubi rasmiy sayti xabar berdi.

19 sentyabr kuni Trabzon shahridagi Papara Park stadionida bo‘lib o‘tgan tadbirda Ela uchun minglab sharlar osmonga uchirildi. Mazkur tashabbus «Biriniz Bin Olsun» uyushmasi ko‘magida tashkil etilgan.

Ma’lum qilinishicha, Ela davolanish jarayonidan so‘ng o‘zining kichik, ammo samimiy orzularini bildirgan. U sumka, Lego, oyoq kiyimi, velosiped va ko‘plab uchadigan sharlarni xohlagan. Uning istaklarini amalga oshirish uchun ko‘ngillilar hamda Trabzonspor jamoasi tashabbus ko‘rsatgan.

Galatasaroyga qarshi uchrashuv boshlanishidan oldin stadionda minglab sharlarning osmonga uchirilishi Ela uchun unutilmas lahzaga aylandi. Qizaloq futbolchilar bilan birga uchrashuv oldidan o‘tkazilgan marosimda ham ishtirok etdi.

Kichkina Elaning orzusi amalga oshdi: minglab sharlar osmonga uchirildi
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?