3 977
Harakatlanib ketayotgan avtomobil oynasi orqali salonga kirishga urinayotgan ilon (video)
Foto: Facebook / @RachaelPage
Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida ulkan ilon harakatlanayotgan avtomobilning oynasi orqali uning ichiga kirib olishga urindi, deb yozadi Daily Mail.
Reychel Peyj do‘sti Kayl Velloy bilan shtatning shimoliy qirg‘oqlari bo‘ylab sayohat uyushtirgan. Straud shahriga eltuvchi yo‘lda u yurib ketayotgan mashinaning yopiq oynasi orqali salonga kirishga uringan ilonni videoga olgan.
«Ana bo‘lmasam! Nima qilishimiz kerak!», — deya baqirgan Kayl.
Juftlik ilonni quvib yuborish uchun mashinani to‘xtatgan. Video Kayl eshikni ochishga uringani, biroq ilon hamon oynada turgan tasvirlangan vaqtda uzilgan. Keyinroq Reychel ular ilonni ushlab, yaqin atrofdagi irmoq oldiga qo‘yib yuborganini ma’lum qilgan.
Video ostiga izoh qoldirgan foydalanuvchilar yonidagi oynada ilonni ko‘rib qolishganida mashinani daraxtga borib urgan bo‘lishlarini tan olgan. Boshqalar esa bu mashinaga boshqa hech qachon o‘tirmagan bo‘lishlarini ta’kidlagan. Ayrimlar esa jonzot shunchaki boshqa shaharga yetib olish uchun transport vositasidan foydalangan, deb hazillashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi