2 372
Qirg‘izistonda prezident saylovlari va referendumning dastlabki natijalari e’lon qilindi
Qirg‘izistonda muddatdan avval prezident saylovlari va mamlakatdagi hokimiyat shakli bo‘yicha referendum o‘z nihoyasiga yetdi. Markaziy saylov komissiyasi dastlabki natijalarni e’lon qildi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, prezident saylovlarida 3,55 mln saylovchidan 33,13 foizi, referendumda 33,08 foizi ishtirok etgan.
Ayni vaqtda saylov komissiyasining markaziy serveriga saylov uchastkalaridan ma’lumotlar kelib tushishi davom etmoqda va raqamlar hali yakuniy emas.
47 foiz ovozlar hisob-kitob qilingandan keyin saylovlarda Sadir Japarov 73,04 foiz ovoz bilan yetakchilik qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Uning eng yaqin raqobatchisi Adaxan Madumarovda 6 foiz ovoz bor. Saylovlarning 1-bosqichida g‘alaba qozonish uchun 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plash lozim.
Shuningdek, referendum bo‘yicha ham dastlabki natijalar paydo bo‘ldi. Byulletenlarning 50 foizi qayta ishlangandan keyin boshqaruvning prezident shakliga 81,4 foiz saylovchilar ovoz bergani ma’lum bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi