Foto: The Guardian
Xalqaro kosmik stansiyadan Yerga ichida noodatiy yuk — 12 shisha fransuz vinosi va yuzlab tok novdalari bo‘lgan SpaceX kapsulasi qaytib keldi. Missiya yakunlangani to‘g‘risida Ilon Mask kompaniyasi Twitter orqali ma’lum qilgan, deb xabar beradi Esquire.
CNN va The Guardian’ning yozishicha, Yevropaning Space Cargo Unlimited startapi kosmosga vinoni 2019 yilning noyabrida, tok novdalari esa XKSga 2020 yil martida uchirilgan edi. Mutaxassislar buni Yerda o‘simliklarni parvarishlashning yangi usullarini ishlab chiqish va sayyoradagi ko‘proq odamlarni oziqlantirish usulini topish maqsadida amalga oshirgan.
Fransuz vinosining har bir shishasi po‘lat silindrga joylashtirilgan bo‘lib, XKS bortida ular muhrlangan holda turgan. Fevral oxiriga qadar shishalar yopiq qoladi, shundan so‘ng ularning bir yoki ikkitasi Bordodagi vino mutaxassisiga ekspertiza uchun topshiriladi. Fransiyadagi eng yaxshi ekspertlardan biri mikrogravitatsiya va kuchli radiatsiya vino va tok novdalariga qanday ta’sir ko‘rsatganini tekshiradi.
Taxminlarga ko‘ra, bu kelajakda tok novdalarining yanada qattiq sharoitda o‘sishini ta’minlashga xizmat qiladi. Tadqiqotchilar ekspertiza yordamida ichimlik ta’mi qanday o‘zgarganini aniqlash niyatida.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tok novdalari kabi o‘simliklar insonlar oziqasida muhim ahamiyatga ega, biroq ular hech qachon kosmosda o‘rganilgan emas. Aynan shu sabab tok novdalari va vino o‘rganish hamda qishloq xo‘jaligini yaxshilash uchun ideal material sifatida qaralmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Ilon Maskning sayyoralararo «Starship» kosmik kemasi sinov chog‘i portlab ketdi (video)

Ilon Mask Marsda Yerdan mustaqil bo‘lgan shahar qurish rejasini ma’lum qildi

NASA astronavti turistlarning ochiq kosmosga chiqishi qanday bo‘lishi haqida so‘zlab berdi

Ilon Mask Oy va Marsni zabt etishga mo‘ljallangan kemasini sinovdan o‘tkazdi (video)

Ilon Maskning Dragon-2 kosmik kemasi Atlantika okeaniga qoʻndi (video)

Marsdagi ilk odam 100 yildan so‘ng dunyoga keladi