Rishat tuzilmasi: "Sahro koʻzi" sirlari va qadimiy tarix izlari...

© NASA Earth Observatory / Lauren Dauphin / 2026-yil mart oyida Landsat 9 sunʼiy yoʻldoshi obʼektividagi Rishat geologik tuzilmasi
Mavritaniya shimolida, Adrar platosi hududida tabiat va tarix uygʻunlashgan hayratlanarli manzaralar yoyilib yotadi. Bu olis sahro burchagi inson sivilizasiyasining eng qadimiy izlarini oʻz bagʻrida saqlab kelayotgan noyob makonlardan biri hisoblanadi.
Bu yerda paleolit davriga oid tosh qurollar, neolit davriga tegishli qoyatosh rasmlari hamdir qadimda karvon yoʻllari ustida xizmat qilgan oʻrta asr manzilgohlari qoldiqlari topilgan. Ular bu hududning ming yillar davomida inson hayoti bizlar chambarchas bogʻliq boʻlganini koʻrsatadi.
Kosmosdan qaraganda, bu manzarani birinchi navbatda tabiat shakllantirgandek taassurot uygʻotadi. Shamol taʼsirida paydo boʻlgan ulkan qum “dengizlari”, turli rangdagi dunlar va qora tusli sahro qoplamalari platoning yuzasini oʻziga xos tarzda bezab turadi. Qadimiy suv oqimlari esa bu yerda chuqur vodiylar va qurib qolgan daryo oʻzanlari tarmogʻini yaratgan.
Biroq eng koʻzga tashlanadigan geologik hodisa bu — platoning sharqiy qismida joylashgan ulkan halqasimon tuzilma, yaʼni Rishat tuzilmasi hisoblanadi. Uning murakkab konsentrik shakli ilk bor 1930-yillarda fransuz geograflari tomonidan oʻrganilib, “Rishat tugma teshigi” deb nomlangan.
Keyinchalik Ed Uayt va Jeyms MakDivitt kabi astronavtlar uni kosmosdan suratga olib, butun dunyo eʼtiborini ushbu tabiiy fenomenga qaratgan. Shundan soʻng u keng jamoatchilik orasida “Sahro koʻzi” nomi bizlar mashhur boʻlib ketgan.
Taxminan 40 kilometrga yaqin kenglikka ega boʻlgan ushbu tuzilma dastlab meteorit tushishi natijasida paydo boʻlgan katta krater deb hisoblangan. Chunki katta kosmik jismlar Yer yuzasida aynan shunday aylana shaklli izlar qoldirishi mumkin.
Biroq zamonaviy geologik tadqiqotlar bu qarashni inkor etib, Rishat tuzilmasi aslida yer osti magmatik jarayonlari natijasida yuzaga kelgan kuchli yemirilgan gumbaz ekanini aniqlagan. Vaqt oʻtishi bilan turli qatlamdagi togʻ jinslari har xil tezlikda yemirilib, halqasimon strukturalarni hosil qilgan.
Tuzilmaning toʻq sariq va kulrang ranglari esa yer osti va yer usti jinslari oʻrtasidagi farqni yaqqol namoyon etadi. Bu esa nafaqat geologik jarayonlarni, balki tabiatning million yillar davomidagi oʻzgarishlarini ham aks ettiradi.
Qisqacha aytganda, Rishat tuzilmasi — bu nafaqat geologik fenomen, balki Yer tarixining “ochiq darsligi”dir. U insonni ham oʻtmishga, ham tabiatning beqiyos kuchiga yana bir bor hayrat bilan qarashga undaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!