
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G‘arbda Telegram messenjerini blokirovka qilish rejalaridan xabardorligini aytib o‘tdi.
«Men G‘arbda «Telegram»ni o‘z xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatidan mahrum qilinishi haqida eshitdim. Bu juda qiziq bo‘ladi», deydi Lavrov.
Avvalroq AQSHning «Xavfsiz Internet uchun koalitsiya» notijorat tashkiloti «Apple» kompaniyasidan «Telegram» messenjerini o‘zining dasturlar do‘konidan olib tashlashini talab qilgan edi.
«The Washington Post» nashrining yozishicha, tashkilot tegishli talab bilan 17 yanvar kuni sudga murojaat qilgan. Uning vakillari «Telegram» rahbariyatini ekstremistik mazmundagi xabarlarni tarqatgan foydalanuvchilarga nisbatan choralar ko‘rilmaganlikda ayblashmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar