Foto: National Geographic.ru
Sietldagi Vudlend-park hayvonot bog‘idagi 24 yashar maymun bolaladi. Veterinar-akusherlar Nadiri laqabli maymunning 29 yanvar kuni soat 10:25 da ko‘zi yoriganini ma’lum qilgan, deb yozadi National Geographic.ru.
Ta’kidlanishicha, bu Nadirining ikkinchi, 21 yoshli Kvamning esa birinchi marta ota bo‘lishi. Ona maymun yetarlicha qayg‘urmagani va bolasi dunyoga kelgan kuni ovqatlantirish hamda isitish uchun qo‘liga olmagani sabab ayni vaqtda bola maymun hayvonot bog‘i xodimlarining kuzatuvi ostida.
Hayvonot bog‘i xodimi Martin Ramires Nadiri bolasining yonida biroz muddat bo‘lib qo‘liga olayotgani, ammo ovqatlantirish istagi yo‘qligini, ular tez orada onalik instinkti paydo bo‘lishiga umid bildirayotganini ma’lum qilgan.
Nadiri ilk marta 2015 yilda ona bo‘lgan va shunda ham onalik tajribasi yo‘qligi uchun nima qilishni bilmay qolgan. Shu sabab bolasi Yolaga hayvonot bog‘idagi mutaxassislar g‘amxo‘rlik qilgan. Nadirida onalik instinkti paydo bo‘lganidan keyin esa Yola onasi va oilasining boshqa a’zolari bilan tanishgan. Bu safar ko‘zi yoriganida xodimlar Nadiri bolasiga g‘amxo‘rlik qilishga kirishishiga umid qilgan, ammo tug‘ruqning keyingi kunlarida bu holat yuz bermagan. Shifokor Darin Kollinz bolaning ahvoli yaxshi va sog‘lom ekanligi, vazni 2,2 kiloni tashkil qilishini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”