Sotuvchini quchoqlab olgan maymun tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi!

Sotuvchini quchoqlab olgan maymun tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi!

Ijtimoiy tarmoqlarda maymunning do‘konga kirib, sotuvchini bir necha soniya quchoqlab turgani aks etgan video keng tarqaldi.

Hindistonlik yigit tomonidan Instagram'ga joylangan video atigi uch kun ichida 239 milliondan ortiq marta tomosha qilingan. Rolik deyarli 16 millionta layk ham to‘plagan.

Biroq videoning haqiqiyligi yuzasidan foydalanuvchilar fikri ikkiga bo‘lingan. Ayrimlar tasvirlar sun’iy intellekt yordamida yaratilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Boshqalar esa holat tabiiy ekaniga ishonib, maymunning insonga nisbatan mehrini e’tirof etmoqda.

Hozircha video sun’iy intellekt yordamida yaratilganmi yoki haqiqiy voqea aks etganmi, bu borada aniq tasdiq yo‘q.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar