“Rosgvardiya”ning sobiq go‘zali Anna Xramsova instagramda video joylashtirgani uchun xizmatdan bo‘shatildi.
Videoda xizmat xonasi aks etgan kadrlar tushib qolgan. Rosgvardiyaning Sverdlovsk viloyati bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Xramsova shaxsiy javobgarlikni nazarda tutadigan xizmat majburiyatlarini buzgan.
Sobiq xodima “Moskovskiy komsomoles” nashriga bergan intervyusida, ishdan bo‘shatilishi sababini bilmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, buyruqda qanday huquqbuzarlik uchun ishdan bo‘shatilganligi ko‘rsatilmagan. U hatto o‘z narsalarini, hujjatlarini olib ketish uchun ruxsat berilmaganligini ta’kidlaydi.
Ayol sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Ishga tiklashdan tashqari, Xramsova ma’naviy zarar va "majburiy ravishda ishlamagan kunlari" uchun maosh sifatida bir million rubl miqdorida kompensatsiya olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil aprelda yekaterinburglik politsiya xodimi, praporshik Anna Xramsova birinchi “Rosgvardiya go‘zali” foto-tanlovining g‘olibasi bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi