Xiaomi Mijia portativ nasosi Xitoy bozorida sotuvga chiqarildi

Xitoyning texnologiya giganti Xiaomi oʻzining yangi avlod portativ qurilmalaridan biri boʻlgan Mijia choʻntak nasosini savdoga chiqardi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, mazkur qurilma avtomobil va velosiped shinalaridan tortib toʻplargacha boʻlgan turli buyumlarni qisqa fursatda damlash imkonini beradi hamda kundalik hayotda qulay yordamchiga aylanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi Xiaomi Mijia nasosi dastlab JD.com savdo maydonchasida paydo boʻldi. Ixcham oʻlchamli va qulay korpusga ega boʻlgan mazkur qurilma velosipedlar, elektr samokatlar, mototsikllar hamda sport toʻplari uchun moʻljallangan boʻlib, zarurat tugʻilganda avtomobil shinalarini ham muvaffaqiyatli toʻldira oladi.
Qurilmaning texnik imkoniyatlari va qulayliklari
Qurilmaning tashqi koʻrinishi ham zamonaviy talablarga toʻla javob beradi. Uzoq muddatli foydalanishni taʼminlash maqsadida korpusga maxsus IML mat qoplama berilgan boʻlib, u tirnalishlarga nisbatan yuqori chidamlilik koʻrsatadi. Shuningdek, toʻplamga sozlanadigan L shaklidagi shlang kiritilgan, korpusda esa qulay quvvat indikatori mavjud.Ishlab chiqaruvchining taʼkidlashicha, portativ qurilma 150 PSI gacha boʻlgan bosimga bardosh bera oladi. Masalan, boʻsh velosiped qoplamasini atigi 60 soniya ichida toʻliq toʻldirishga qodir. Qurilmada mototsikl, velosiped va toʻplar uchun maxsus tayyor rejimlar mavjud boʻlib, shaxsiy rejimda nasos oxirgi foydalanilgan bosim koʻrsatkichini eslab qolish xususiyatiga ega.
Xavfsizlik va qoʻshimcha funksiyalar
Nasosning quyi qismida oʻrnatilgan yorugʻlik chirogʻi mavjud boʻlib, u doimiy oq yorugʻlik tarqatishi yoki favqulodda vaziyatlarda SOS signalini berishi mumkin. Bu ayniqsa kechki payt yoki qorongʻi sharoitda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etishda qoʻl keladi.Ichki quvvati 2000 mA·ch boʻlgan akkumulyator bitta quvvatlanishda sakkizta velosiped shinasini damlash uchun yetarli boʻladi. Yuqori aniqlikdagi datchik bosimni ±1 PSI aniqlikda oʻlchaydi. Qurilma yoqilganda oʻzini oʻzi kalibrlaydi va belgilangan qiymatga yetgach, avtomatik ravishda ishini toʻxtatadi.
Eslatib oʻtamiz, Xiaomi bundan oldinroq Xiaomi Mall va Xiaomi Youpin platformalarida yana-da quvvatliroq boʻlgan Mijia Air Pump 3 nasosi uchun kraudfanding kompaniyasini yoʻlga qoʻygan edi. Yangi choʻntak nasosi esa kundalik foydalanish uchun yanada qulay va mobil yechim sifatida eʼtiborni tortmoqda.






























Izohlar 0
…